Shveysariya chempionatining 7-turida peshqadam “Lugano” safarda “Bazel” ustidan gʻalaba qozondi.
Mehmonlar safida Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov toʻliq harakat qildi va 6,7 ballga loyiq koʻrildi.
Yoʻqotishsiz borayotgan va zaxirasida bir oʻyini bor “Lugano” ochkolarini 18 taga yetkazib, 1-oʻrinni mustahkamladi. “Bazel” esa 10 ochko bilan 5-pogʻonada qoldi.
Shveysariya Superligasi. 7-tur
Bazel — Lugano 1:3
6 sentyabr, “Sankt-Yakob Park”
Gollar: Metinyu (47) — Chiminyani (59), Bislimi (61), Kenduchi (81).
Lugano — fon Ballmos, Papadopulos, Mai, Delkrua, KARIMOV, Bislimi (Aydin, 90), Grgich, dos Santos (Kenduchi, 79), Chiminyani (Karbone, 90+1), Shteffen (Pilstrom, 79), Monkada (Ayeti, 63).
Shveysariya Superligasi. Karimov toʻliq oʻynagan bahsda “Lugano” “Bazel”ni magʻlub etdi
Futbol
6 sentabr, 12:42
15+
Peshqadam yoʻqotishsiz bormoqda.
Foto: Lugano
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi