Eron chempionatining 6-turida “Istiqlol” safarda “Alyuminium” bilan golsiz durang qayd etdi.
Tehronliklar safida Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov toʻliq harakat qildi, yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov esa 9 oylik tanaffusdan soʻng maydonga tushdi va 20 daqiqadan koʻproq oʻynadi.
Tehron klubi ochkolarini 12 taga yetkazib, 2-oʻrinni egallab turibdi va Odil Hamrobekov oʻynaydigan peshqadam “Traktor”dan 4 ochkoga ortda qolmoqda. Igor Sergeyev va Oston Oʻrunov toʻp tepadigan “Persepolis” esa 10 ochko bilan 4-pogʻonada hamda zaxirasida bir oʻyini bor.
Eron Proligasi. 6-tur
Alyuminium Arak — Istiqlol 0:0
Istiqlol — Farabbosi, Fallah, Chashmi, ASHURMATOV, Turaniyan (Zamoni, 70), Xolizoda, Razzaqinia, Gudarzi, Asani, Kushki (Saxarxizan, 70), Islomi (MASHARIPOV, 70).
Masharipov 9 oylik tanaffusdan soʻng maydonga tushdi
Futbol
6 sentabr, 15:08
3
Yarimhimoyachi 6-tur bahsida zaxiradan qoʻshildi, Ashurmatov esa toʻliq oʻynadi.
Foto: Esteghlal
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi