Live
9
O'zbek

Proliga. «Sho'rtan»dan yirik g‘alaba, «Olimpik MobiUz»da kambek, «G‘azalkent» esa durang o‘ynadi

Futbol
6 sentabr, 10:55
Proligada 18-tur o‘yinlariga start berildi.
Proliga. «Sho'rtan»dan yirik g‘alaba, «Olimpik MobiUz»da kambek, «G‘azalkent» esa durang o‘ynadi
Foto: PFC Shurtan

Qarshida «Lochin» «G‘azalkent» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Dastlab mehmonlar Mirzayevning goli evaziga hisobni ochdi, ammo 70-daqiqada Samariddinov muvozanatni tikladi.

Toshkentda esa «Olimpik MobiUz» «BuxDU»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Maydon egalari safida gollarga Quanishbayev va Iskandarov mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goli Ubaydullayev nomiga qayd etildi.

Shuningdek, «Yaypan» o‘z uyida «Sho'rtan»ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mezbonlarning yagona golini Abdurasulov urgan bo‘lsa, mehmonlarning to‘rtta goliga Qo‘ziyev, Murodov, Xarshiladze va Qodirov mualliflik qildi.

Proliga. 18-tur

«Lochin» — «G‘azalkent» 1:1

Gollar: Samariddinov 70 — Mirzayev 57.

Chetlatish: Halilov 79 («Lochin»).

«Olimpik MobiUz» — «BuxDU» 2:1

Gollar: Quanishbayev 65, Iskandarov 71 — Ubaydullayev 16.

Chetlatish: To‘rayev 60 («BuxDU»).

«Yaypan» — «Sho'rtan» 1:4

Gollar: Abdurasulov 45+2 — Qo‘ziyev 36, Murodov 56, Xarshiladze 73, Qodirov 84.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar