«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen Maykl Oliseni 2027-yil yozidan keyin ham klubda olib qolish mumkinligi haqida gapirdi.
«Futbolda va’da berish oson ish emas. Uni uzoq vaqt klubda ushlab qola olamizmi — bu masalani yana yozda muhokama qilamiz», — dedi Drizen.
Avvalroq Olisega Madridning «Real» klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq «Real» 2026-yil iyun oyida futbolchi yoki uning vakillari bilan muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarni rasman rad etgan.
Olisening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.