Live
9
O'zbek

Aziz Gʻaniyev — “Baniyas” futbolchisi

Futbol
6 sentabr, 13:03
    5+
Bu — Oʻzbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisining BAAdagi uchinchi jamoasi.
Aziz Gʻaniyev — “Baniyas” futbolchisi
Foto: Baniyas

Oʻzbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aziz Gʻaniyev Birlashgan Arab amirliklaridagi jamoasini oʻzgartirdi.

28 yoshli futbolchi “Baniyas” bilan shartnoma imzoladi.

Eslatib oʻtamiz, Aziz bungacha BAAning “Shabob Al Ahli” va “Al Bateh” klublarida ham toʻp tepgan.

Maʼlumot uchun, “Baniyas” bu mavsumda mamlakat yuqori divizionidagi 4 ta oʻyinda ham yutqazdi va 0 ochko bilan soʻnggi oʻrinni egallab turibdi. Avvalroq ushbu jamoada oʻzbekistonlik futbolchilardan Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoy ham oʻynagandi.

Gʻaniyev oʻtgan mavsumda BAA chempionatida 25 oʻyinda 2 gol va 3 assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bani Yas Bani Yas
  • BAA birinchi divizioni BAA birinchi divizioni
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar