Live
2
O'zbek

Kompani Keyn va Oliseni nega asosiy tarkibga kiritmaganini tushuntirdi

Futbol
5 sentabr, 16:21
«Bavariya» bosh murabbiyi ikki futbolchini asosiy tarkibga kiritmaslik qarorini ularning jismoniy holati bilan izohladi.
Kompani Keyn va Oliseni nega asosiy tarkibga kiritmaganini tushuntirdi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Bundesliga Germaniya Schalke 04 Schalke 04 0 : 0 Bavariya Bavariya

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya chempionatining 2-turida «Shalke» bilan 0:0 hisobida yakunlangan bahsdan so‘ng Harri Keyn va Maykl Olisening nega asosiy tarkibda maydonga tushmaganiga izoh berdi.

«Bu shunchaki mantiqiy qaror edi. Ular ta’tildan juda kech qaytishdi. «Osnabryuk»ga qarshi bahs ulardan ko‘p kuch talab qildi. Biz ularning kubok bahsida o‘ynashini xohlagandik. Shundan so‘ng bugungi bahs bo‘yicha qaror qabul qilishimga to‘g‘ri keldi», — dedi Kompani.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Keyn va Olise hozircha to‘liq yuklamani ko‘tarishga tayyor holatda emas.

«Ular hali to‘liq yuklamani ko‘tarish uchun optimal holatda emas. Shu sababli ularni zaxirada qoldirishga qaror qildik», — deya qo‘shimcha qildi «Bavariya» bosh murabbiyi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Schalke 04 Schalke 04
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar