Live
2
O'zbek

Bundesliga. «Bavariya» mehmonda «Shalke 04» bilan durang o‘ynadi

Futbol
5 sentabr, 14:27
    5
Myunxenliklar ikkinchi turda g‘alaba qozona olmadi.
Bundesliga. «Bavariya» mehmonda «Shalke 04» bilan durang o‘ynadi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Bundesliga Germaniya Schalke 04 Schalke 04 0 : 0 Bavariya Bavariya

Germaniya Bundesligasining 2-turida «Shalke 04» o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qildi. «Feltins-Arena» stadionida kechgan bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuv davomida jamoalar bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, darvozalar ishg‘ol qilinmadi. «Bavariya» ikkinchi bo‘limda hujumdagi faolligini oshirib, Harri Keyn va Jamal Musialani ham maydonga tushirdi, biroq bu o‘zgarishlar hisobni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lmadi.

Yakunda «Shalke 04» va «Bavariya» bir ochkodan qo‘lga kiritdi.

Bundesliga. 2-tur
Shalke 04 — Bavariya 0:0
Ogohlantirishlar: Ebimbe 31, Upamekano 35, Pavlovich 72, Katich 73.

Shalke 04: Karius, Bekker, Katich, Kuruchay (Vyober, 74), Gosens (Vitaliy Bekker, 65), El Fauzi, Ebimbe (Ayxan, 65), Tanaka, Lyubichich (Vozar, 74), Aushish (Karaman, 84), Silla.

Bavariya: Noyer, Laymer, Upamekano, Devis, Ta, Kimmix, Pavlovich (Bishof, 74), Dias, Saybari (Olise, 57), Karl (Musiala, 57), Braun (Keyn, 46).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Schalke 04 Schalke 04
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar