Live
2
O'zbek

«Shalke» muxlislar uchun fan-zonani bekor qildi

Futbol
5 sentabr, 13:51
Germaniya klubi uy uchrashuvlari oldidan muxlislar to‘planadigan fan-zona faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi.
«Shalke» muxlislar uchun fan-zonani bekor qildi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Bundesliga Germaniya Schalke 04 Schalke 04 0 : 0 Bavariya Bavariya

«Shalke» muxlislar uchun fan-zonani bekor qildi

Germaniya klubi uy uchrashuvlari oldidan muxlislar to‘planadigan fan-zona faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi.

«Shalke»ning Germaniya futboli elitasi — Bundesliga'ga qaytishi muxlislar uchun yoqimsiz yangilik bilan boshlandi. Klub rahbariyati uy o‘yinlari oldidan muxlislar foydalanib kelgan Böklund fan-zonasini bekor qildi.

Ushbu hududda muxlislar bahs boshlanishidan ancha avval to‘planib, qo‘shiqlar kuylash va jamoani qo‘llab-quvvatlash orqali stadionda o‘ziga xos muhit yaratib kelishgandi.

«Ushbu mavsumda Boklund fan-zonasi stadiondagi tadbirlar dasturining bir qismi bo‘lmaydi. Uning o‘rniga muxlislarni uy uchrashuvlariga bag‘ishlangan turli yangi tadbirlar kutmoqda», — deya klub matbuot xizmatining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «Shalke» o‘z maydonida «Bavariya»ga qarshi bahs olib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Schalke 04 Schalke 04
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar