Live
14
O'zbek

Eron Proligasi. “Persepolis” yirik hisobda gʻalaba qozondi, Sergeyev va Oʻrunov maydonga tushdi

Futbol
29 avgust, 14:00
Igor asosiy tarkibda oʻynagan boʻlsa, Oston zaxiradan qoʻshildi.
Eron Proligasi. “Persepolis” yirik hisobda gʻalaba qozondi, Sergeyev va Oʻrunov maydonga tushdi
Foto: Persepolis

Eron chempionatining 4-turida “Persepolis” oʻz maydonida “Malavan” darvozasiga javobsiz 3 ta toʻp kiritdi.

Tehronliklar safida Oʻzbekiston milliy jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev asosiy tarkibda maydonga tushib, gol urolmadi va 86-daqiqada zaxiraga olindi.

Yana bir oʻzbekistonlik hujumkor futbolchi Oston Oʻrunov esa 72-daqiqada zaxiradan tushirildi.

“Persepolis” ochkolarini 9 taga yetkazib, 3-oʻringa koʻtarildi. “Malavan” esa 4 ochko 11-pogʻonada.

Eron Proligasi. 4-tur
Persepolis — Malavan 3:0

29 avgust. Tehron
Gollar: Papi (20, avtogol), Bifuma (34), Alipur (56).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Persepolis Persepolis
  • Malavan Malavan
  • Eron Fors ko‘rfazi pro-ligasi Eron Fors ko‘rfazi pro-ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar