Live
13
O'zbek

Noyer «Bavariya» safida 600-o‘yinini o‘tkazdi

Futbol
29 avgust, 15:17
Germaniya chempionati ilk turida myunxenliklar «Shtutgart» bilang ro‘baro‘ keldi.
Noyer «Bavariya» safida 600-o‘yinini o‘tkazdi
Foto: Gettyimages

Vensan Kompani shogirdlari 5:1 hisobida yirik g‘alabani nishonladi.

O‘tkazilgan bahsda 40 yoshli darvozabon Manuel Noyer ham ishtirok etdi. Bu o‘yin uning uchun Myunxen grandining libosidagi 600-uchrashuv bo‘ldi. U «Bavariya» safida o‘tkazgan o‘yinlar soni bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi. Manueldan yuqorida Gerd Myuller, Oliver Kan, Zepp Mayer va Tomas Myuller joylashgan.

Noyer 2011-yilning yozidan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib keladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Darvozabonning transfer qiymati 4 million yevroni tashkil qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar