«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer klub safidagi 600-o‘yinini o‘tkazdi.
Germaniya chempionatining 1-turi doirasida Myunxenning «Bavariya» klubi «Shtutgart» bilan bahs olib bordi. Vensan Kompani shogirdlari yirik hisobdagi g‘alabani (5:1) qo‘lga kiritdi.
40 yoshli Noyer ham ushbu uchrashuvda maydonga tushdi. Bu bahs uning «Bavariya» libosidagi 600-uchrashuvi bo‘ldi.
Qayd etish lozim, «Bavariya» safidagi o‘yinlar soni bo‘yicha Noyyer 5-o‘rinda bormoqda. Undan yuqorida Gerd Myuller, Zep Mayyer, Oliver Kan va Tomas Myuller joy olgan.
Ma’lumot o‘rnida, Noyer 2011 yil yozidan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Darvozabonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.