Bugun
112
O'zbek

Saybari «Bavariya»da Kroosning natijasini takrorladi

Futbol
29 avgust, 01:35
Germaniyalik sobiq yarim himoyachi bu natijani 2007 yil sentyabr oyida amalga oshirgandi.
Saybari «Bavariya»da Kroosning natijasini takrorladi
Foto: Getty Images
28.08.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 5 : 1 Shtutgart Shtutgart

«Bavariya» futbolchisi Ismoil Saybari o‘ziga xos natija qayd etdi.

Marokashlik futbolchi Bundesliganing 1-turida «Shtutgart»ga qarshi bahsning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. So‘ng u 82 va 90+2-daqiqalarda jamoadoshlariga assistentlik qilib, «Bavariya»ning yirik hisobdagi g‘alabasiga (5:1) hissa qo‘shdi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Saybari Toni Kroosdan keyin «Bavariya» tarkibida chempionatdagi debyut uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, ikkita assist qayd etgan oltinchi futbolchiga aylandi. Kroos bu natijani 2007 yil sentyabr oyida amalga oshirgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Ismoil shu yozda Niderlandiyaning PSV klubidan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tdi. Transfer qiymati 50 million yevroni tashkil qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Shtutgart Shtutgart
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar