Live
18
O'zbek

2027-yilgi FIFA U20 jahon chempionati sanalari eʼlon qilindi

Futbol
22 oktabr, 12:07
Unda 6 qitʼadan 24 ta jamoa ishtirok etadi.
2027-yilgi FIFA U20 jahon chempionati sanalari eʼlon qilindi
Фото: Getty Images

2027-yili Oʻzbekiston va Ozarbayjon mezbonligida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha FIFA U20 jahon chempionatining sanalari eʼlon qilindi.

Unga koʻra, yoshlar oʻrtasidagi mundial 2027-yilning 17-sentabridan 9-oktabrigacha boʻlib oʻtadi. Unda 6 qitʼadan 24 ta jamoa ishtirok etadi.

Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U20 jamoasi ham musobaqada mezbon sifatida ishtirok etadi. 2025-yilgi musobaqaga Chili mezbonlik qilgan. Marokash yoshlari gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Argentina ikkinchi oʻrinni egallagandi. Kolumbiya esa 3-oʻrin bilan kifoyalangan edi.

Bugungi yangiliklar