«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashni istamoqda. Bild xabariga ko‘ra, ayni paytda tomonlar yangi kelishuvning amal qilish muddati borasida muzokara olib bormoqda.
«Bu hafta ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bunday masalalar bir-ikki haftada hal qilinmaydi. Yana ko‘plab muhokamalar va tafsilotlar bor. Hozircha tafsilotlarni muhokama qilmayman. Muzokaralar yaxshi kechmoqda. Keyingi bir necha hafta davomida muloqotni davom ettiramiz, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz.
Bunday shartnomalarda ko‘p jihatlar hisobga olinadi. Men 33 yoshdaman, shuning uchun bu faoliyatimdagi so‘nggi shartnoma bo‘lmasligi ham mumkin. Ammo bu men uchun juda muhim. Men ham, klub ham kelishuvdan mamnun bo‘lishiga ishonch hosil qilishim kerak. Har ikki tomonda ham vahima yo‘qligi yaxshi. Hozir bu shunchaki ochiq muzokaralar, faoliyatimdagi boshqa shartnomalar kabi. Men uzoq muddatli shartnoma imzolashni istayman. Necha yilga ekanini ko‘ramiz. Ishonchim komil, ikki tomon ham mamnun bo‘ladigan kelishuvga erishamiz. Umid qilamanki, bu amalga oshadi», — dedi Keyn.
Ma’lumot uchun, Keyn uch yillik shartnoma imzolashni istamoqda, «Bavariya» esa angliyalik futbolchiga ikki yillik kelishuv taklif qilmoqda.