«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Kilian Mbappe hamda Vinisius Juniorning o‘zaro o‘yini haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mutaxassis shu bilan birga yarimhimoyachi Jud Bellinghemning jamoa uchun ahamiyatli figura ekanligini ta’kidladi.
«Mbappe va Vinisiusda o‘sish uchun barcha narsa bor. Ularning har ikkisida o‘zgacha hislatlar mavjud, bunga o‘zaro tushunish, do‘stlik va bir-biriga yordam berishga tayyorlikni uyg‘unlashtirilsa, natija yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Ammo shuni yodda tutish kerakki, gap faqat ikki o‘yinchi haqida emas - jamoa yagona mexanizm sifatida harakat qilishi kerak.
Bellinghem — chindan o‘zgacha futbolchi. U jismoniy kuch, ruhiy barqarorlik va taktik aqlni o‘zida mujassam etadi», - dedi Joze Mourinio.