«Real» bosh murabbiyi Mourinio yarimhimoyachi Jud Bellinghem haqida fikr bildirdi.
«Jud noyob futbolchi. U «Real» uchun juda muhim, ammo men ko‘proq jamoa haqida gapirishni yoqtiraman. Barchasidan mamnunman. Biz yagona jamoa sifatida harakat qilishimiz kerak. Muxlislar stadionga ushbu futbolchilarni ko‘rish, ularning jamoaviy futbol namoyish etishi va g‘alabaga erishishiga guvoh bo‘lish uchun kelishadi», — dedi Mourinio matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Bellinghem yangi mavsumda La Ligada 2 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.