Live
4
O'zbek

Alvares «Sevilya»ga qarshi o‘ynamaydi — Simeone buni tasdiqladi

Futbol
28 avgust, 07:29
«Atletiko» bosh murabbiyi argentinalik hujumchining tarkibda yo‘qligi xaqidagi savolga javob berdi.
Alvares «Sevilya»ga qarshi o‘ynamaydi — Simeone buni tasdiqladi
Foto: Gettyimages
29.08.2026, 15:30 Ispaniya La Ligasi Sevilya Sevilya - : - Atletico Madrid Atletico Madrid

«Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoaning forvardi Xulian Alvaresning yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

Avvalroq, argentinalik salomatligi bilan bog‘liq muammo tufayli uch kundan buyon «Atletiko»ning jamoaviy mashg‘ulotlarida ishtirok etmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

«Hozir barcha savollar Xulian haqida bo‘lishini yaxshi tushunib turibman. Ammo hozir bor e’tiborim «Sevilya»ga qaratilgan, Alvares esa bu bahsda ishtirok eta olmaydi», — dedi Simeone matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, La Liga 3-turi doirasidagi «Sevilya» - «Atletiko» o‘yini shanba, 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 00:30da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sevilya Sevilya
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar