Live
2
O'zbek

Alvares «Atletiko»ning «Sevilya»ga qarshi o‘yini uchun qaydnomasiga kiritilmadi

Futbol
29 avgust, 06:32
Argentinalik hujumchi jamoasining navbatdagi bahsida maydonga tusha olmaydi.
Alvares «Atletiko»ning «Sevilya»ga qarshi o‘yini uchun qaydnomasiga kiritilmadi
Foto: Getty Images
29.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Sevilya Sevilya 1 : 3 Atletico Madrid Atletico Madrid

Xulian Alvares «Atletiko»ning La Liga 3-turida «Sevilya»ga qarshi o‘yini uchun qaydnomasidan joy olmadi. Madrid klubi matbuot xizmati uchrashuv uchun futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi, unda argentinalik hujumchi yo‘q.

Ma’lumot uchun, Alvares bir necha kun davomida o‘zini yaxshi his qilmagani sababli jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmagandi. Keyinchalik «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone ham hujumchi «Sevilya»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, Alvares transfer oynasi yopilishidan oldin «Barselona»ga o‘tish umidini saqlab qolmoqda. U «Arsenal» variantini ko‘rib chiqmayotgani haqida ham xabar berilgandi.

«Sevilya» va «Atletiko» o‘rtasidagi bahs 29 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sevilya Sevilya
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar