Live
10
O'zbek

«Navbahor» va «Ayaks» hamkorligidagi akademiya faoliyatini boshladi

Futbol
29 avgust, 07:39
Namangan klubining yangi akademiyasida istiqbolli yosh futbolchilar shug‘ullanadi.
«Navbahor» va «Ayaks» hamkorligidagi akademiya faoliyatini boshladi
Foto: Getty Images

«Navbahor» qoshida tashkil etilgan va Niderlandiyaning «Ayaks» klubi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan akademiya ish boshladi. Bu haqda PFL xabar berdi. Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati rahbariyati, «Navbahor» murabbiylar shtabi hamda mehmonlar ishtirok etdi.

Bir necha oy davomida Niderlandiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida seleksiya ishlari olib borilib, istiqbolli yosh futbolchilar saralab olindi.

Endilikda saralangan yosh futbolchilar niderlandiyalik mutaxassislar boshchiligida mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
Bugungi yangiliklar