Live
10
O'zbek

«Sabah» kuzatuv kengashi a’zosi YECHL qur’asi haqida: «Biz «o‘lim guruhi»ga tushdik»

Futbol
29 avgust, 07:41
Klub kuzatuv kengashi a’zosi qur’a natijalariga izoh berib o‘tdi.
«Sabah» kuzatuv kengashi a’zosi YECHL qur’asi haqida: «Biz «o‘lim guruhi»ga tushdik»
Foto: Gettyimages

«Sabah» klubi kuzatuv kengashi a’zosi Igor Ponomaryov Chempionlar Ligasi 2026/2027-yilgi mavsum umumiy bosqichi qur’asiga izoh berib o‘tdi.

«Biz «o‘lim guruhiga» tushdik, desak ham bo‘laveradi. Bizga juda kuchli raqiblar tushdi. Bir tomondan, bu bizni yuksaltiradi - biz yanada rivoelanishimiz etishimiz va yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Ozarbayjonga bunday katta jamoalar kelishi ajoyib. Kurashamiz. Biz shunchaki taslim bo‘lmaymiz — mana shu narsa aniq. Yaxshi natija ko‘rsatishni istaymiz. Bunga harakat qilamiz.

2006 yil jahon chempionatida Shvetsiya «o‘lim guruhi»ga tushgandi — ular ushbu qiyin vazifani uddalab, keyingi bosqichga chiqa olishgandi, buni hech qachon unutmayman. Shunday ekan imkon qadar yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman. Bunday raqiblar bilan o‘ynash yigitlar uchun — katta zavq. O‘z navbatida bu futbolchilar yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishlari uchun imkoniyat», — dedi Ponomaryov.

Eslatib o‘tamiz, qur’a natijalariga ko‘ra «Sabah» YECHL umumiy bosqichida «Barselona», «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Borussiya» (Dortmund), «Napoli», «Vilyarreal», «Slaviya» (Praga) va «Viking» jamoalari bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sabah FK Sabah FK
Bugungi yangiliklar