Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvida "Sabah" o'z maydonida Isroilning "Hapoel Beer-Sheva"siga qarshi o'ynadi.
Jamoalarning dastlabki bellashuvida mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. Bokudagi qarama-qarshilikning asosiy vaqtida 3:2 hisobida "Sabah" g'alaba qozondi. 74-daqiqada o'zbekistonlik yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliev gol urib, hisobni tenglashtirdi. Ammo 82-daqiqada u zaxiraga olindi.
Qo'shimcha bo'limlarda mezbonlar yana ikki bor gol urib, ikki bahs natijasiga ko'ra, Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichga yo'llanma oldi.
YCHL saralashi
Sabah – Hapoel 5:2
Gollar: Nwachukwu 38, Rahmonaliev 74, Mutalimov 90+4, Mbina 101, Miskele 115 – Zlatanovich 10, Mizrahi 61
Birinchi o'yin: 1:2
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi