Bugun
34
O'zbek

O'Rayli – APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi

Futbol
25 avgust, 16:43
Futbolchi ovoz berish jarayonida Sherki, Douman, Krupi, Mainu kabi o'yinchilarni ortda qoldirdi.
O'Rayli – APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi
Фото: Getty Images

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) Niko O'Raylini APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topdi.

«Manchester Siti»ning 21 yoshli himoyachisi ovoz berish jarayonida o'z jamoadoshi Rayan Sherki, Maks Douman («Arsenal»), Eli Junior Krupi («Bornmut»), Kobi Mainu («Manchester Yunayted») va Rio Ngumoni («Liverpul») ortda qoldirdi.

O'Rayli o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida «shaharliklar» safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Niko mavsumning eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy jamoasiga ham kiritilgani xabar qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar