Bugun
34
O'zbek

Fernandesh — PFA talqiniga ko'ra APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi

Futbol
25 avgust, 17:01
Brunu o'tgan mavsumda ligada 21 ta assistga mualliflik qilgandi.
Fernandesh — PFA talqiniga ko'ra APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi
Фото: Getty Images

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) Brunu Fernandeshni APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topdi.

«Manchester Yunayted»ning porugaliyalik 31 yoshli futbolchisi ovoz berish jarayonida Rayan Sherki, Erling Holand (ikkalasi — «Manchester Siti»), Gabriel Magalyas, David Raya va Deklan Raysni (barchasi — «Arsenal») ortda qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, Brunu avvalroq APL hamda futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi talqiniga ko'ra ham mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan edi.

O'tgan mavsumda futbolchi «qizil iblislar» safida ligada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta assistga mualliflik qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar