Live
3
O'zbek

Superliga. "Andijon" "Xorazm"dan ustun keldi, OKMK Olmaliqda kamchilikda qolgan "Surxon" bilan murosa koʻchasini tanladi

Futbol
25 avgust, 12:00
19-turdan oʻrin olgan ikki bellashuv yakuniga yetdi.
Superliga. "Andijon" "Xorazm"dan ustun keldi, OKMK Olmaliqda kamchilikda qolgan "Surxon" bilan murosa koʻchasini tanladi
Фото: Андижон ПФК

Superliga 19-turidan oʻrin olgan ikki bellashuv yakuniga yetdi. "Andijon" (27, 7-oʻrin) oʻz maydonida "Xorazm"ni (20, 11-oʻrin) qabul qildi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Yagona gol zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Martin Boake hisobiga yozildi.

"Surxon" (20, 13-oʻrin) klubi Olmaliqda OKMKga (29, 5-oʻrin) qarshi oʻynadi. Termizliklar son jihatidan maydonda kamchilik boʻlib qolganiga qaramay, nursiz durang oʻynashga muvaffaq boʻlishdi.

Superliga. 19-tur
OKMK – Surxon 0:0
OKMK
– Abdunabiyev, Ahmadaliyev, Karimov, Toirov. Muqimjonov, Qosimov, Papava, Sentoku, Abdurazzoqov, Xolmurodov, Sobirjonov.
Surxon – Boymurodov, Shamsiyev, Tursunov, Sherbutaev, Fridai, Ramazonov, Oʻktamov, Qodirov, Tornike, Shukrullayev, Shaydulov.
Chetlatish: Shukurillayev 17.

Andijon – Xorazm 1:0
Gol:
Boake 87
Andijon: Potapov, Andronikashvili, Xoldorxonov (Sulaymonov, 62), Ashortiya (Turgʻunboev,74), Iminov (Cheran, 62), Komilov, Chalasov, Temirov, Toʻxtaqujaev, Mahamadjonov, Turdimurodov (Boake, 73)
Xorazm: Ergashev, Azimov (Nugumanov,64), Shiryaev, Lohan, Ortiqboev, Hamidjonov (Izzatov, 72), Rom, Pirmuhammadov, Xoshimov, Abdulhamidov, Sabino.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar