«Pari Sen-Jermen» klubi yarimhimoyachisi Bredli Barkola faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishga yaqin turibdi.
23 yoshli futbolchi transfer oynasi yopilgunga qadar «qizillar» safiga ko‘chib o‘tishiga ishonmoqda. Har ikki klub ushbu kelishuvni yakunlashni maqsad qilgan, deb xabar beradi jurnalist Loik Tanzi.
Barkolaning sotuvi Liga 1 tarixidagi eng qimmat bitim sifatida tarixga kirishi mumkin – taxminlarga ko‘ra, ushbu transfer summasi 115 mln yevrodan ziyod bo‘ladi.
Transfermarkt portali Bredli Barkolaning aktual transfer narxini 90 mln yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi «PSJ» safida umumiy hisobda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 37 ta golli uzatma yetkazib berishni uddaladi.