"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1 doirasidagi "Renn"ga qarshi o'yin (2:2)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu o'yin odatdagidan qiyinroq bo'ldi. Birinchi bo'limda biz nazorat qila olmagan vaziyatlar yuzaga keldi. Bu juda qiyin edi.
Biz ayrim o'zgarishlarni amalga oshirishga urindik va ayniqsa, o'yin davomida zaxiradan maydonga tushgan besh nafar futbolchidan mamnunman. Ularning barchasi o'z vazifasini a'lo darajada bajardi.
Muhlislar ajoyib. Jamoamiz qanday o'ynamasin, ular doimo bizga ishonch bildiradi. Biz ularga minnatdorchilik bildirmoqchimiz va yaxshiroq o'ynashga umid qilamiz.
Bu bizning ishimiz va umid qilamanki, ancha yaxshi o'ynay olamiz", — deya Enrikening so'zlarini keltiradi parijliklar rasmiy sayti.