"Manchester United" klubi "Brighton" yarimhimoyachisi Carlos Baleba transferini rasman e'lon qildi.
Qayd etilishicha, kamerunlik 22 yoshli futbolchi "qizil iblislar" bilan "5+1" sxemasi bo'yicha shartnoma imzoladi.
Avvalroq "chaykalar" Balebaning transferidan 70 million yevro ishlab olishi xabar qilingandi. Shuningdek, qariyb 6 million yevroga teng bonus olishi ham kelishuvga kiritilgan.
Ma'lumot uchun, Carlos "Brighton" safida 2023/24 yilgi mavsumdan buyon to'p tepib kelayotgan edi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi