Live
5
O'zbek

«Liverpul» Minte bo‘yicha uchinchi taklifni tayyorlamoqda

Futbol
25 avgust, 13:22
Futbolchining «chaykalar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.
«Liverpul» Minte bo‘yicha uchinchi taklifni tayyorlamoqda
Фото: Getty Images

«Liverpul» klubi «Brayton» vingeri Yankuba Minteni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar gambiyalik 22 yoshli futbolchi bo‘yicha uchinchi taklifni tayyorlamoqda. Avvalroq «qizillar» Minte borasida 50 va 60 million funtlik takliflar bilan chiqishgan, ammo har ikkalasi ham rad etilgan. Qayd etilishicha, «Brayton» esa futbolchi uchun 70 million funtdan yuqori mablag‘ talab qilmoqda.

Futbolchining «chaykalar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi. Yankuba o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 36 ta uchrashuv, 3 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Brayton Brayton
Bugungi yangiliklar