Live
22
O'zbek

Rasman: Nkunku "Leyptsig"ga qaytdi

Futbol
25 avgust, 14:34
Avvalroq "buqalar" Kristoferning ijarasi uchun 3,5 million yevro to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Rasman: Nkunku "Leyptsig"ga qaytdi
Фото: Leipzig FC

"Leyptsig" klubi hujumchi Kristofer Nkunkuning jamoaga qaytganini rasmiy ravishda ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, fransiyalik 28 yoshli futbolchi "Milan"dan 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olindi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik to'liq sotib olish bandi ham mavjud.

Avvalroq "buqalar" Kristoferning ijarasi uchun 3,5 million yevro to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, germanialiklar mavsum yakunida futbolchini yana 30 million yevro atrofidagi summa evaziga to'liq sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Nkunku 2019–2023 yillar davomida aynan shu klub sharafini himoya qilgan. Bu vaqt davomida barcha turnirlar doirasida 172 ta uchrashuvda 70 ta gol va 56 ta golli uzatma qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
Bugungi yangiliklar