Live
2
O'zbek

«Arsenal» qishki transfer oynasi uchun ustuvor maqsadini aniqlab oldi — Caught Offside

Futbol
6 oktabr, 07:18
Ingliz klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida.
«Arsenal» qishki transfer oynasi uchun ustuvor maqsadini aniqlab oldi — Caught Offside
Foto: Gettyimages

«Arsenal» klubi yanvar oyida hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlarni boshlab yuborgan, deb xabar bermoqda «Caught Offside».

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «to‘pchilar»ning asosiy maqsadi chap qanot hujumchisi sotib olishdir, garchi klub markaziy hujumchini sotib olish variantlarini ham ko‘rib chiqishni davom ettirayotgan bo‘lsa-da.

Ta’kidlanishicha, londonliklar hujumining chap qanotini kuchaytirish uchun asosiy nomzod «RB Leypsig» vinger Antonio Nusa bo‘lib, uning nomzodini klub yozda ham ko‘rib chiqqan edi.

Muqobil variantlar sifatida «Yuventus» vingeri Kenan Yildiz va «Real» yarimhimoyachisi Arda Guler tilga olinmoqda. Markaziy hujumga esa Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares va «Bornmut» forvardi Eli Krupi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, APL yangi mavsumi startida 5 ta turda 12 ochko jamg‘argan londonliklar 2-o‘rinni egallab turibdi. Yetakchi «Siti» hisobida esa 15 ochko mavjud.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Leypsig Leypsig
Bugungi yangiliklar