Live
2
O'zbek

Karvaxal «Xetafe»ga o‘tadi — АS

Futbol
6 oktabr, 07:33
«Real» sobiq sardori faoliyatini Madridning boshqa klubida davom ettirishga yaqin.
Karvaxal «Xetafe»ga o‘tadi — АS
Foto: Getty Images

«Real» sobiq himoyachisi va sardori Daniel Karvaxal «Xetafe»ga o‘tishga yaqin. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Xetafe» bir muddat erkin agentlar bozorini o‘rganib, tarkibdagi ayrim pozitsiyalarni kuchaytirishni rejalashtirgan. So‘nggi soatlarda esa klub uchun vaziyatni tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan imkoniyat paydo bo‘lgan.

Karvaxalning o‘zi ham «Xetafe»ga o‘tish variantiga ijobiy qaramoqda. Futbolchini ushbu transferga jalb qilayotgan asosiy omillardan biri — Madridda qolish imkoniyati. U yangi klubida o‘ynash bilan birga, oilasi bilan Madridda yashashda davom etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Karvaxal faoliyatining asosiy qismini «Real»da o‘tkazgan va klub sardori sifatida ham maydonga tushgan. U Ispaniya milliy jamoasi safida ham uzoq yillar to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Xetafe Xetafe
Bugungi yangiliklar