Argentinalik himoyachi Lukas Eskivel «Atletiko Paranaense» safida muvaffaqiyatli to‘p tepmoqda. Futbolchiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining o‘yinlarini Italiyaning «Inter» va «Latsio», Germaniyaning «Shtutgart» va «Ayntraxt» klublari, shuningdek, Angliya Premyer-ligasining bir qator vakillari kuzatib bormoqda.
Esquivel ushbu mavsumda «Atletiko Paranaense» safida 23 ta bahsda maydonga tushdi. Argentinalik himoyachi ushbu bahslarda 3 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Lukasning «Atletiko Paranaense» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 8 mln yevroga baholamoqda.