Live
1
O'zbek

Rasman aybdor deb topilgan «Siti» Mareskaga murojaat qildi

Futbol
6 oktabr, 10:00
Klub rahbariyati futbolchilar bu vaziyatda konsentratsiyani yo‘qotishidan havotirda.
Rasman aybdor deb topilgan «Siti» Mareskaga murojaat qildi
Foto: Gettyimages

«Manchester Siti» klubi yaqinda ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklarda rasman aybdor deb topildi. Klubga qattiq jazo tahdid solmoqda, garchi sud jarayoni hali to‘liq yakunlanmagan bo‘lsa-da — «shaharliklar» oktyabr oyining birinchi kunida apellyatsiya arizasi berishdi.

Shu bilan birga, The Touchline nashrining xabar berishicha, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska bilan klub egalari vakili, direktorlar kengashi rahbari va bosh direktori uchrashgan. Ular Mareskadan futbolchilar bilan suhbatlashib, barchasi yaxshilik bilan yakunlanishiga ishontirishni so‘rashgan.

«Manchester Siti» boshliqlari klubning aybsizligini ta’kidlashda davom etmoqda. Rahbarlar bu ishdagi noaniqlik o‘yinchilarning diqqatini jamlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga ishonch hosil qilmoqchi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar