Live
1
O'zbek

Fernandinyo: «Qachondir «Manchester Siti» aybdor deb topiladigan kun kelishini bilardim»

Futbol
6 oktabr, 08:32
Braziliyalik sobiq yarimhimoyachi klub atrofidagi moliyaviy mojaro yuzasidan fikr bildirdi.
Fernandinyo: «Qachondir «Manchester Siti» aybdor deb topiladigan kun kelishini bilardim»
Foto: Getty Images

«Manchester Siti»ning sobiq yarimhimoyachisi Fernandinyo klubning Premyer-liga moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgani haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi «shaharliklar» safida 2013–2022 yillarda to‘p tepgan.

«Men bu kun kelishini bilardim. Ular buni yashirish uchun juda ko‘p harakat qilishdi, ammo quyosh ostida hech narsani abadiy yashirib bo‘lmaydi. Ayrimlarimiz sodir bo‘layotgan noqonuniy ishlarni bilardik. Ammo klub rahbariyati Premyer-liga bundan xabardor ekanini aytib, bizni hammasi qonuniy ekaniga ishontirdi. Shu sababli biz shunchaki o‘z ishimizni qilib, ketardik», — deya Fernandinyo so‘zlarini FullTime Report X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.

Sobiq futbolchi «Manchester Siti»ning aybdor deb topilgani uni xafa qilganini ham ta’kidladi.

«Endi ularning 115 ta ayblov bo‘yicha aybdor deb topilganini eshitish juda achinarli», — deya qo‘shimcha qildi braziliyalik.

Ma’lumot uchun, Fernandinyo «Manchester Siti» safida 9 yil davomida to‘p tepib, klub bilan bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» Premyer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblangan va ish bo‘yicha mustaqil komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar