Live
1
O'zbek

Ronaldusiz qolgan Portugaliya FIFA reytingida 5-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
6 oktabr, 09:04
Bunga Norvegiya ustidan qozonilgan irodali g‘alaba imkon berdi.
Ronaldusiz qolgan Portugaliya FIFA reytingida 5-o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Gettyimages

Ma’lum vaqtdan buyon FIFA veb-saytida milliy jamoalar reytingi kun o‘yinlari yakunlangandan so‘ng, onlayn tarzda yangilanmoqda. O‘yinlarning so‘nggi qismi TOP-10dagi holatdagi o‘zgarishlarga olib keldi.

Portugaliya milliy jamoasi Krishtianu Ronalduning murabbiy bilan kelishmovchilik sabab jamoa qarorgohini tark etganidan so‘ng yettinchi o‘rindan beshinchi o‘ringacha ko‘tarildi. Braziliya milliy jamoasi endi oltinchi pog‘onada, Marokash milliy jamoasi esa yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq, ushbu xalqaro tanaffus davomida Marokash milliy jamoasi Braziliyani ortda qoldirib, oltinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi. Endi afrikaliklar hatto TOP-6dan ham tushib qolishdi.

Eslatib o‘tamiz, 7-oktyabr, chorshanba kuni FIFA veb-saytida milliy jamoalar reytingining rasmiy versiyasi e’lon qilinadi. Yangiliklarni kuzatib boramiz.

Ma’lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi FIFA reytingida peshqadam bo‘lib qolmoqda. TOP-4ga Argentina, Fransiya va Angliya milliy jamoalari ham kiradi.

Bugungi yangiliklar