Live
1
O'zbek

«Arsenal», «Liverpul» va «Borussiya D» King uchun da’vogarlik qilmoqda

Futbol
5 oktabr, 14:31
Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
«Arsenal», «Liverpul» va «Borussiya D» King uchun da’vogarlik qilmoqda
Фото: Getty Images

Londonning «Fulhem» klubi yarimhimoyachisi Joshua King qator Yevropa klublarining e’tiborini tortdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Qayd etilishicha, «Arsenal», «Liverpul» va «Borussiya D» jamoalari angliyalik 19 yoshli futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O‘z navbatida, «Fulhem» Joshua bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Klub Kingning ehtimoliy transferidan 60 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, King 2024-yil yozidan buyon «Fulhem» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Bu mavsumda u Angliya Premer-ligasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Avvalroq «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» Matanovichga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar