“Barselona” klubi va Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Andres Iniesta “Oltin to‘p” haqidagi savolga javob berdi.
— Hozir hamma “Oltin to‘p” haqida gapirayotgan bir paytda, siz uni kimga bergan bo‘lardingiz?
— Men “Oltin to‘p”ning ispaniyalik futbolchiga nasib etishini istardim.
Ularning individual va jamoaviy yutuqlarini hisobga olsak, bu ajoyib bo‘lardi. Menimcha, shunday bo‘lishi kerak, — dedi BAAning “Gulf United” klubiga rahbarlik qilayotgan Iniesta.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya milliy jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida finalda Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Iniesta: “Oltin to‘p” ispaniyalik futbolchiga nasib etishini istayman
Futbol
5 oktabr, 15:15
“Barselona”ning sobiq yarimhimoyachisi mukofotni kim olishi kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images