Xorvatiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Slaven Bilich turnirning 3-turida Angliya milliy jamoasiga 0:7 hisobida imkoniyat boy berilgach, Ispaniyaga qarshi 4-tur o‘yini haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu natija Xorvatiya milliy jamoasi tarixidagi eng yirik mag‘lubiyat sifatida alohida qayd etildi.
«Men o‘zimga va boshqalarga aytdim: Angliya, aytaylik, Estoniyani 7:0 hisobida mag‘lub etadi, deb o‘ylamayman. Xorvatiya uchun bu qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Faqat men va futbolchilar Ispaniya bilan o‘yinda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, bu vaziyatdan chiqib keta olamiz. Ayni paytda futbolda bundan qiyinroq o‘yin bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun hozir xarakter va hamjihatlik ko‘rsatishning ayni vaqti. Ispaniya ustidan g‘alaba qozonamiz deyish ahmoqlik, lekin biz jasur va g‘ayratli bo‘lishimiz kerak», - deya Bilichning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Dalmatinski Portal.
Eslatib o‘tamiz, 3-guruhdagi uchta o‘yindan so‘ng, Ispaniya milliy jamoasi to‘qqiz ochko jamg‘arib, jadvalda peshqadamlik qilmoqda. Angliya esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Uch ochko to‘plagan Xorvatiya uchinchi o‘rinda, birorta ham ochkosi yo‘q Chexiya to‘rtinchi pog‘onani band etgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi