Bugun
24
O'zbek

UYEFA «Real»ga «Barselona»ga qarshi ish yuzasidan javob berdi

Futbol
4 oktabr, 04:50
Tashkilot bir necha kun avval madridliklardan «Negreyra ishi»ga oid hujjatlarni qabul qilib olganini tasdiqlagan edi.
UYEFA «Real»ga «Barselona»ga qarshi ish yuzasidan javob berdi
Foto: Gettyimages

UYEFA bir necha kun avval Madridning «Real» klubidan «Barselona»ning hakamlar texnik qo‘mitasining sobiq vitse-prezidentiga to‘lovlar bilan bog‘liq «Negreyra ishi»ga oid hujjatlarni qabul qilib olganini tasdiqlagan edi.

OK Diario xabariga ko‘ra, «Real» UYEFAdan bu masala bo‘yicha imkon qadar tezroq qaror chiqarishni so‘ragan. Biroq, UYEFA bunga javoban Madrid klubini xotirjamlikni saqlash va sabr-toqatli bo‘lishga chaqirdi. Tekshiruv qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt davom etadi.

Avvalroq matbuotda «qaymoqranglilar» UYEFAga 50 000 sahifaga yaqin ma’lumot taqdim qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, La Liga yangi mavsumi startida 7 ta o‘yinda 21 ochko jamg‘argan «Barselona» yakkapeshqadam bo‘lib turibdi. «Real» esa 15 ochko bilan jadvalning to‘rtinchi pog‘onasini band etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar