Bugun
24
O'zbek

Emiliano Martines: «Messining Argentina milliy jamoasidan ketishi ortida ulkan bo‘shliq qoladi»

Futbol
4 oktabr, 05:45
    2
Argentina milliy jamoasi darvozaboni afsonaviy hujumchining terma jamoadagi faoliyati yakunlanishi haqida fikr bildirdi.
Emiliano Martines: «Messining Argentina milliy jamoasidan ketishi ortida ulkan bo‘shliq qoladi»
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi darvozaboni Emiliano Martines 39 yoshli hujumchi Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi. Futbolchi jamoadoshi bilan birga maydonda qolgan qisqa vaqtni qadrlashini ta’kidladi.

«Albatta, men unga qo‘limdan kelganicha yordam berishga harakat qildim, u buni biladi. Biz bu haqda doimo gaplashamiz. Men Leo o‘zi eng ko‘p istagan narsaga erishishida unga yordam berganimdan juda katta sharaf his qilaman, chunki u tarixdagi eng buyuk futbolchi», — dedi Martines.

Darvozabon Messining Argentina milliy jamoasidan ketishi jamoada katta bo‘shliq qoldirishini qayd etdi. Shu bilan birga, u jamoada katta xarakterga ega futbolchilar borligini ta’kidladi.

«U ketganidan keyin ulkan bo‘shliq qoladi, biroq bu yerda haqiqiy xarakterga ega yigitlar bor. Men ham bu jarayonning bir qismi ekanimni his qilyapman. Seshanba kuni bundan zavq olishni va uning tabassumini ko‘rishni istayman», — deya Martinesning so‘zlarini ESPN Argentina keltirdi.

Messi Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi bahsini 7-oktabr kuni Benin bilan o‘tkazishi kutilmoqda. Martines jamoadoshlari bilan birga afsonaviy futbolchining maydondagi so‘nggi daqiqalarini imkon qadar himoya qilishga harakat qilishini aytdi.

«Biz Leo bilan maydonda birga qoladigan qisqa vaqtimiz davomida uni asrashga harakat qilamiz», — dedi Argentina milliy jamoasi darvozaboni.

Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina bilan 2021-yilda Amerika Kubogi, 2022-yilda Jahon chempionati va 2024-yilda yana Amerika Kubogida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar