Live
1
O'zbek

Myuller: «Messi tarixdagi eng buyuk futbolchi»

Futbol
4 oktabr, 06:30
    42
Nemis futbolchisi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi tanlovda argentinalik yulduzni ustun qo‘ydi.
Myuller: «Messi tarixdagi eng buyuk futbolchi»
Foto: Getty Images

«Vankuver Uaytkaps» yarimhimoyachisi Tomas Myuller futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi borasida o‘z tanlovini bildirdi. Germaniyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi bahsda argentinalik hujumchini ustun ko‘rishini aytdi.

«Menga bu savolni juda ko‘p marta berishgan. Faoliyatimning dastlabki o‘n yilida Krishtianuni tanlardim. Ammo umumiy manzaraga qaraydigan bo‘lsak, shuni aytishim kerakki, eng buyuk futbolchi — bu albatta eng yaxshi to‘purar yoki eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi degani emas. Garchi 2022-yildan keyin u juda muhim sovrinni ham qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, men uchun bu Lionel Messi», — dedi Myuller.

Germaniyalik futbolchi Messining jahon chempionatidagi faoliyati, shuningdek, uning uzoq yillar davomida muxlislarga zavq ulashganini alohida ta’kidladi.

«Uning jahon chempionatida qilgan ishlari, hozir qilayotganlari... Ammo bundan oldin ham u o‘z o‘yini bilan odamlarga quvonch ulashgan. Bu bir necha yil emas, qariyb yigirma yil davom etdi. Statistikasi va uning o‘yinidan olinadigan zavq — aynan shu sababli men Messini tanlayman», — dedi Myuller.

Ma’lumot uchun, Tomas Myuller faoliyatining katta qismini «Bavariya»da o‘tkazgan. U 2025-yilda Myunxen klubini tark etib, «Vankuver Uaytkaps» safiga qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi va Ronaldu futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi maqomi uchun uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan bahsning asosiy ishtirokchilari hisoblanadi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

42 izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar