Live
1
O'zbek

«Real» Bellinghem bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirmoqchi

Futbol
4 oktabr, 07:24
Madrid klubi 23 yoshli yarimhimoyachining maoshini mavsumiga 30 mln yevrogacha oshirishni rejalashtirmoqda.
«Real» Bellinghem bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachi Jud Bellinghem bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda ijobiy natijaga erishdi. «Qirollik klubi» kelishuvni yil oxirigacha yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Real» 23 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomani yana ikki yilga uzaytirib, uning muddatini 2031-yilgacha yetkazmoqchi. Shuningdek, klub yarimhimoyachining maoshini mavsumiga 20 mln yevrodan 30 mln yevrogacha oshirishga tayyor.

Yangi kelishuv imzolangan taqdirda, angliyalik yarimhimoyachi «Real» hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Junior bilan bir xil darajada maosh oladi. Madrid klubi Bellinghem kelajakda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Angliyalik futbolchi «Real» safida 2023-yilning yozidan beri o‘ynamoqda. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda sakkizta bahsda maydonga tushib, uchta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Bellinghemning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 160 mln yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bellinghem 2023-yilda Dortmundning «Borussiya» klubidan «Real»ga o‘tgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar