«Barselona» bir nechta futbolchisini jamoada uzoq muddat saqlab qolish ustida ish olib bormoqda. Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, klub uch futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Gap himoyachi Xavi Esparte, yarimhimoyachi Mark Bernal va vinger Rafinya Dias haqida ketmoqda. Manbaga ko‘ra, ushbu futbolchilarning barchasi Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.
«Barselona» futbolchilarning kelajagini uzoq muddatga kafolatlashni istamoqda. Klub rahbariyati tarkibdagi muhim ijrochilarni saqlab qolish orqali jamoaning kelgusi mavsumlardagi barqarorligini ta’minlashni maqsad qilgan.
«Barselona» ushbu mavsum La Ligada muvaffaqiyatli start oldi. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa ketma-ket yettita g‘alabaga erishib, ushbu bahslarda 31 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, Mark Bernalga «Liverpul» va «Atletiko» ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Rafinya 2022-yildan buyon «Barselona» safida to‘p tepmoqda.