«Yuventus» «Liverpul»ning 19 yoshli markaziy himoyachisi Jovanni Leoniga qiziqish bildirmoqda. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Turin klubi yosh italiyalik iqtidorlarni o‘z safiga jalb qilishni maqsad qilgan va Leonini ham kuzatmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Yuventus» so‘nggi oylarda himoyachini ijaraga olishga urinib ko‘rgan. Biroq «Liverpul» Turin klubining taklifini rad etgan. Mersisaydliklar Leonining xalqaro tanaffusdan keyin maydonga qaytishini kutmoqda.
Shunga qaramay, «Yuventus» futbolchining rivojlanishini kuzatishda davom etishga qaror qilgan. Turin klubi kelajakda Leonini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
Leonining ushbu mavsumda hali biror bahsda maydonga tushmagani ma’lum qilindi. U ayni vaqtda xochsimon bog‘lamidan olgan jarohatidan tiklanmoqda.
Ma’lumot uchun, futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik himoyachining bozor qiymati 25 mln yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» so‘nggi davrda italiyalik yosh futbolchilarni tarkibga jalb qilish siyosatiga katta e’tibor qaratmoqda.