«Liverpul» yarim himoyachi Aleksis Makallisterga yangi shartnoma taklif qilmaydi. Bu haqda Bernabeu Digital xabar berdi.
Ma’lumot uchun, argentinalik 27 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-yil iyunigacha mo‘ljallangan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi mavsum oxirida klubni tark etadi. Avvalroq Aleksis mersisaydliklar yangi shartnoma taklif qilmaganidan norozi bo‘lgani va vaziyatga qarab jamoani tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.
Makallister atrofidagi vaziyatni «Real» diqqat bilan kuzatmoqda. Madrid klubi yaqin vaqt ichida futbolchini sotib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Shuningdek, unga «Manchester Siti» ham qiziqish bildirmoqda.
Agar «Liverpul» Aleks bilan kelishuvni uzaytirmasa va u jamoani tark etsa, klub uning o‘rniga «Bornmut»dan Aleks Skott yoki «Monako» futbolchisi Lamin Kamara nomzodlarini ko‘rib chiqishi mumkin.