Turkiyaning «Trabzonspor» klubi huquqlari «Manchester Yunayted»ga tegishli boʻlgan darvozabon Andre Onanani doimiy transfer asosida jamoaga olishdan manfaatdor. Bu haqda Turkiye nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, klub kamerunlik 30 yoshli darvozabonni «qizil iblislar»dan toʻliq sotib olishga qaror qilgan. Ayni vaqtda afrikalik futbolchi «Trabzonspor»da ijara asosida harakat qilmoqda.
Oʻz navbatida, «Manchester Yunayted» esa Onananing transferidan taxminan 10 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Turkiya klubi darvozabonga besh yilga moʻljallangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor. Shuningdek, u jamoada eng koʻp maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi.
Onana bu mavsumda «Trabzonspor» safida 8 ta uchrashuvda ishtirok etdi va bu bahslarda 10 ta gol oʻtkazib yubordi.