Live
1
O'zbek

APLning 3 klubi da Kunya bilan shartnoma imzolamoqchi

Futbol
3 oktabr, 17:06
Lukasning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
APLning 3 klubi da Kunya bilan shartnoma imzolamoqchi
Фото: Getty Images

«Como» va Fransiya milliy jamoasi yarim himoyachisi Lukas da Kunya faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik 25 yoshli futbolchiga «Chelsi», «Nottingem Forest» va «Bornmut» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu klublar futbolchining agentlari bilan allaqachon muzokaraga kirishib, ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilgan. Biroq kelishuvga uning transfer qiymati to‘siq bo‘lishi mumkin.

Chunki «Como» rahbariyati yarim himoyachini sotish orqali 50 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan.

Lukasning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Bu mavsumda futbolchi Italiya chempionatida beshta o‘yinda maydonga tushgan.

Avvalroq «Arsenal» klubi «Como» yarim himoyachisi Niko Pasga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Nottingem F Nottingem F
  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar