«Milan» yarim himoyachisi Kristian Pulisich faoliyatini Italiya klubida davom ettirishni istamoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, amerikalik 28 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Shu bilan birga, «Milan» kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega.
«Hozir «Milan»da o‘zimni juda baxtli his qilyapman va shu yerda qolishni xohlayman. Shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamayapman, ammo bu yerda menga juda yaxshi», — deya Pulisichning so‘zlaridan keltiradi Daily Mail nashri.
Ma’lumot uchun, Kristian 20 sentabr kuni «Lechche»ga (3:0) qarshi bahsda golsiz seriyasiga barham berdi. U mavsum boshidan beri jarohati sabab jamoasiga yordam bera olmayotgandi.
Avvalroq futbolchiga APL, MLS va Saudiya Arabistoni jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq u «rossonerilar»da baxtli ekanligini ta’kidlamoqda.