Live
1
O'zbek

Donnarumma Italiyaga qaytishi mumkin

Futbol
30 sentabr, 07:18
Barchasi «Siti»ga qanday jazo berilishiga bog‘liq.
Donnarumma Italiyaga qaytishi mumkin
Foto: Gettyimages

«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma, agar klub moliyaviy firibgarliklari uchun jiddiy jazoga tortilsa, jamoadan ketib qolishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti»ga o‘tishdan oldin Donnarummaga Italiyaning ikki yetakchi klubi — «Milan» va «Inter» qiziqish bildirgan. Agar Angliya grandining vaziyati yomonlashsa, Milan jamoalari yana darvozabon ortidan borishi mumkin.

Ta’kidlash joiz, Donnarumma «Milan» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015-yildan 2021-yilgacha asosiy jamoada o‘ynagan, shundan so‘ng «PSJ»ga o‘tgan (2021-2025) va u yerdan Angliyaga jo‘nab ketgan.

Ma’lumot uchun, yangi mavsumda 27 yoshli italiyalik golkiper barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol o‘tkazib yubordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar