Live
1
O'zbek

«Fulhem» Gonsalo Garciyani 60–70 million yevroga baholamoqda

Futbol
30 sentabr, 07:05
Shu bilan birga, «Real» futbolchini qayta sotib olish huquqini o‘zida saqlab qolgan.
«Fulhem» Gonsalo Garciyani 60–70 million yevroga baholamoqda
Фото: Getty Images

«Fulhem» hujumchisi Gonsalo Garsiya Yevropaning yetakchi klublari e’tiboriga tushdi. <e haqida insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Insayder ispaniyalik 22 yoshli futbolchiga aynan qaysi jamoalar qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumot bermagan. Londonliklar yaqinda futbolchini «Real»dan 40 million yevro evaziga sotib olgandi. Bu transferning amalga oshishida klub bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning o‘rni katta bo‘ldi. U «Fulhem» ustozi etib tayinlanganidan so‘ng Gonsaloni sotib olishni istagan.

Hozirda London klubi Garsiyaning transferini 60–70 million yevroga baholamoqda. Shu bilan birga, «Real» futbolchini qayta sotib olish huquqini o‘zida saqlab qolgan.

Ma’lumot uchun, Garsiyaning «Fulhem» bilan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali esa uning bozor qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda. Gonsalo APLning bu mavsumida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Bugungi yangiliklar